Toshkent viloyatida birdaniga 5 ta tumanning IIB boshligʻi oʻzgardi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent viloyatining birdaniga beshta tumanida IIB boshligʻi oʻzgargan. Xususan, podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani IIBga, podpolkovnik Gʻoziyev Dilshod Toʻrayevich — Parkent tumani IIBga, podpolkovnik Karimov Shavkat Abdinazarovich — Piskent tumani IIBga, podpolkovnik Qoʻziboyev Bahrom Bahodirovich — Chinoz tumani IIBga va podpolkovnik Ergashev Olim Zokirovich — Quyi Chirchiq tumani IIBga boshliq etib tayinlandi.

Latest from Blog