Foto: Interfax.uz

Toshkent viloyatida 23,5 ming dollarga 7 gektar yer olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi

Toshkent viloyatida yer sotish bilan bogʻliq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar R.Q. va B.R.lar fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga vakolatli tanishlari orqali Qibray tumani hududida joylashgan 7 gektar yer maydonini tender savdolariga qoʻyish orqali sotib olib berishni vaʼda qilib, evaziga 23 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Latest from Blog