Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida ota o‘z qizini pichoqladi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 15-oktabr kuni soat 00:30 larda pensioner, 1956-yilda tug‘ilgan Xolmurod Noraliyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida o‘zaro janjallashib, qizi, 1980-yilda tug‘ilgan Durdona Malikovani tanasining turli sohalariga uch marotaba osh pichog‘i bilan urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Xolmurod Noraliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Latest from Blog