Toshkent va Namanganda zilzila sezildi


Bugun, 18-aprel kuni soat 4:04 da O‘zbekisonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning epitsentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 507 km uzoqlikda Afg‘oniston hududi Hindikush tog‘lariga to‘g‘ri keladi. “Toshkent” seysmostantsiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, epitsentrda zilzila magnitudasi 5,8 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Toshkent shahrida 2 ballga yaqin, Namangan viloyatida 2 balldan kamroqni tashkil etgan.

FVV matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik aniqlanmagan. Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmagan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar