Toshkent-To‘ytepa-Ohangaron avtomobil yo‘lida o’lim bilan tugagan avtohalokat


14-aprel kuni soat 22-30 larda, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi, «Toshkent-To‘ytepa-Ohangaron» avtomobil yo‘lining 36-kilometrida YTH yuz berdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli haydovchi «Neksiya» rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan «VAZ-2107» avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Neksiya» haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, mashinadagi 3 nafar yo‘lovchil hamda «VAZ-2107» haydovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar