“Toshkent-Tomchi” yo‘nalishidagi ilk reys amalga oshirildi

Bugun, 4 iyul kuni “Toshkent-Tomchi” yo‘nalishidagi ilk reys amalga oshirildi. Bu haqda Uznews.uz sayti xabar qildi.

Foto: UzNews

Tadbirda O‘zbekiston TIV vakillari, shuningdek diplomatik vakillar, madaniyat Vazirligi huzuridagi turizm Departamenti vakillari, Qirg‘iziston axborot va turizm vakillari va yana bir qancha rasmiy vakillar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, reyslar har seshanba kuni 190 o‘ringa mo‘ljallangan Boeing 757 samolyotida amalga oshiriladi.

Seshanba kuni Toshkendan keladigan reys mahalliy vaqt bilan soat 8:10 da, Toshkentga ketadigan reys soat 12:40 da amalga oshiriladi.

Chipta narxi 280 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Latest from Blog