Toshkent – Termez yoʻlining Qozogʻistondan oʻtgan qismi ochildi

Kecha 11-iyul kuni M-39 yoʻlining Toshkent va Samarqand orasida joylashgan Qozogʻistonning Maqtaaral tumani orqali oʻtuvchi boʻlagi ochildi, deb habar qilmoqda «Axborot» dasturi.

Qozogʻiston hududiga kirish va chiqishda ikki mamlakatning chegara nazorat punktlari joylashgan. Kechadan boshlab «Malik»/«Sirdaryo» va «Oq oltin» /«Tselinniy» avtomobil oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklandi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent va Jizzax orasida M-39 yoʻlining 25 kilometrli boʻlagi Qozogʻiston hududidan oʻtgan. 2006-yilda yoʻlning ushbu boʻlagi yopilgan edi. Undan keyin Oʻzbekistonlik haydovchilar Toshkentga yetib olish uchun Sirdaryoning Guliston viloyati orqali aylanib oʻtishga majbur boʻlishayotgan edi.

Yoʻlning ochilish marosimi tantanali ravishda hamda bir qator oliy martabali rahbarlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Xususan Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Ulugʻbek Rozuqulov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Qozogʻiston tomonidan Qozogʻiston investitsiyalar va taraqqiyot vaziri oʻrinbosari Roman Sklyar, Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi Janseit Tuymebayev, Qozogʻistonning Toshkentdagi elchisi Yerik Utembayevlar ishtirok etdi.

Yoʻl orqali faqatgina yengil avtomobillarning oʻtishiga ruxsat beriladi, yuklar va tijoriy maqsadlardagi tovarlarni olib oʻtish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston fuqarosi bojxona hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, Maqtaaral tumani orqali toʻxtalishlarsiz tranzit bilan chegaradan oʻtishi mumkin. Bunda davlat chegaralarini kesib oʻtish huquqini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

Notranzit maqsadlarda Qozogʻiston yoʻnalishida harakatlanuvchi Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolariga nisbatan chegara nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.

Bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi, hech qanday bojxona deklaratsiyalari toʻldirilmaydi, transport vositasi roʻyxatga olinmaydi va bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi, biroq majburiy vizual koʻrik olib boriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar