Toshkent sizlar bilan: «Ты супер! Танцы» qatnashchilariga atalgan fleshmob

Durdona Ergasheva, Monika Dodarbekova va Anastasiya Molokovani qoʻllab-quvvatlash aksiyasida yuzdan ziyod bolalar va oʻsmirlar ishtirok etishdi. Ular barchasi birgalikda raqs ijro etdilar.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik uchlik xorazmcha raqs ijro etib, rossiyalik muxlislar qalbini zabt etishgan edi. Qizlar keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar va endilikda bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradilar.

Toshkentliklar oʻz yurtdoshlarini qay tarzda qoʻllab-quvvatlaganliklarini Sputnik‘ning videosida tomosha qiling.»Ты супер! Танцы» xalqaro tanlovi Sputnik xalqaro agentligi va radiosi hamda NTV telekanali hamkorligida oʻtkaziladi.

Raqs shousida MDHning 11 davlatidan 140dan ziyod bolalar qatnashmoqda.

Tanlov ota-ona qarovisiz qolgan, raqsga qiziquvchi bolalarning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirishni maqsad qilgan. Loyihada qatnashish oʻzini keng ommaga tanitish, mamlakatning eng yaxshi pedagoglari bilan birga ishlash, unutilmas taassurotlar olish, yangi doʻstlar va muxlislar orttirish imkoniyati demakdir.

 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar