Toshkent shahridagi Inha universiteti professori xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning professori hamda Kompyuter fanlari va muhandislik departamentining rahbari doktor Abdul Rahim Nosir “Marquis” Noshirlik uyi (AQSh)ning xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Doktor Abdul Rahim Nosir Albert Nelson Markuisning mukofotiga hayotda erishgan yutuqlari uchun, mehnatsevarligi, o‘z kasbiga sadoqati va so‘nggi 32 yil davomida muhandislik ta’limi sohasiga qo‘shgan hissasi uchun munosib ko‘rildi, deb xabar qiladi IUT axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Doktor Abdul Rahim Nosir turli xalqaro mukofotlar sovrindori hisoblanadi. Joriy yilning fevral oyida u xalqaro “Great Achievers Award for excellence in engineering education” (Muhandislik ta’limi sohasidagi ulkan natijalari uchun) mukofoti bilan taqdirlandi.

2017-yilning aprelida professor ketma-ket beshinchi marotaba Marquis Who’s Who in the World (Markuis Kim aslida kim) nashri sahifalaridan o‘rin oldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog