Toshkent shahrida jahon standartlari asosida AYOQS tashkil etildi

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti masʼullari tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MCHJ tomonidan tashkil etilgan AYOQS faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Bu haqda Yuz.uz sayti ma’lumot bermoqda.

Mazkur stansiya jahon standartlari boʻyicha barcha belgilangan talablarga javob beruvchi loyiha asosida qurilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida avtomobillarga benzin va dizel yoqilgʻilarini quyish uchun moslashtirilgan.

Avtomobillarga quyiladigan neft mahsulotlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlaridan olib kelinishi shoxobcha rahbari tomonidan taʼkidlandi.

Ushbu shoxobchada yoʻlovchilar uchun moʻjaz kafe, tez ovqatlanish uchun qandolat mahsulotlari, bepul wi-fi zonasi, yoʻl oldi birinchi navbatda zarur boʻlgan oziq ovqat, ichimlik va boshqalar, sanitariya-gigiyena vositalari, avtomobillar uchun turli xil suyuqliklar (avtol, avtomobil moyi, antifriz va h.k.) savdosi faoliyati belgilangan karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, AYOQSda sanitariya-gigiyena qoidalari va talablariga toʻliq javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchasi tashkil etilgan boʻlib, shoxobchada qoʻl quritish uskunasi va havo tozalash tizimi, erkaklar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida xonalar belgilangan standartlar asosida barpo etilgan.

Qoʻshimcha tarzda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida avtomobil shinalariga bepul havo toʻldirish va changyutgich bilan tozalash xizmatlari ham yaratilganligi tahsinga loyiq.

Kompaniya tomonidan maʼlum qilinishicha, jahon standartlariga javob beruvchi barcha kerakli sharoitlar mujassamlashtirilgan shu kabi loyihalar Toshkent shahrida va respublika miqyosida tarmoq asosida tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog