Toshkent shahrida 28-sentabrdan anʼanaviy tarzda ish boshlaydigan maktablar roʻyxati eʼlon qilindi

Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha, 28-sentabrdan Toshkent shahrida 189 ta umumtaʼlim maktabi anʼanaviy tarzda faoliyat koʻrsatadi.

Foto: Korrespondent.uz

Tegishli qarorlar bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumtaʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020-yil 14-sentabrdan boshlab 160 ta taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini boshlagan edi.

Joriy yilning 28-sentyabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 291, 293-sonli maktablar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 71a, 205, 211, 286-sonli maktablar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 101, 105-sonli maktab-internatlari, Chilonzor tumanidagi 79, 103, 114, 162, 163, 179, 183, 188, 281-sonli maktablar, Shayxontohur tumanidagi 13, 20, 34, 102-sonli maktablar, Yakkasaroy tumanidagi 100, 127, 160-sonli maktablar, Yashnabod tumanidagi 156, 170, 216, 230, 231-sonli maktablar ham oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

2020-yil 28-sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumtaʼlim muassasalaridan quyidagi 187 tasi anʼanaviy tarzda faoliyat koʻrsatadi:

1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 292, 293-sonli maktab.

2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.

3. Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 71a, 112, 121, 142, 187, 205, 207, 208, 209, 210, 211, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 286, 308-sonli maktablar, 101-105-sonli maktab-internatlar hamda FFIDUM, PMTID UM, MAFIDUM.

4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.

5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.

6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.

7. Chilonzor tumanidagi 66, 79, 90, 103, 114, 162, 163, 168, 179, 183, 184, 188, 195a, 200, 202, 217, 280, 281-sonli maktablar.

8. Shayxontohur tumanidagi 10, 13, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 102, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 100, 118, 127, 144, 160, 172, 321-sonli maktablar.

11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 156, 161, 166, 170, 212, 216, 227, 230, 231, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy oʻrta taʼlim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, oʻz faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, yaʼni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashgʻulotlarini amalga oshiradi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga masʼuliyat bilan yondashishlarini, anʼanaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini soʻrab qolamiz.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog