Foto: CalMatters

Toshkent shahar ma’muriy sudi sobiq sudyasi va sud xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha bayonot berildi

O‘zbekiston Oliy sudida 2020-yilning 30-oktabrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqarilgani ma’lum qilingan edi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu xodimlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari o‘tkazilayotgani bildirilgan.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining 5-aprel kuni ma’lum qilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida sobiq sudyalar, sud xodimlari va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi. Tergovga ta’sir etishi ehtimolidan kelib chiqib, o‘sha paytda ularga izoh yoki munosabat bildirish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi doirasida 13 nafar shaxs sudlanuvchi sifatida jalb etilgan bo‘lib, ularning 3 nafari sobiq sudya, 3 nafari sobiq sudya yordamchilari, 7 nafari Toshkent shahar IIBB YXHB sobiq xodimlaridir.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari (juda ko‘p miqdordagi o‘zganing mulkini uyushgan guruh tomonidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari (mansab soxtakorligi) va 227-moddasi 2-qismining “a” bandi ( o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan aybli deb topildi va tegishli jazolar tayinlandi.

Hukm chiqarishda dastlabki tergov davrida aniqlangan 3 353 456 647 so‘m zarardan 2 991 456 647 so‘m qoplangani e’tiborga olingan (avval tarqatilgan xabarlarda zarar miqdori 8 milliard so‘mdan ko‘p ekaniga urg‘u berilgan).

“Ayni paytda sudlanuvchilarning shaxsi va jinoyat ishi tafsilotlari ochiqlanishi maqsadga muvofiq emas. Chunki hukm qonuniy kuchga kirmagan. Qonuniy kuchga kirmagan hukm bo‘yicha sudlanuvchilarning shaxsi va ish tafsilotlarini ochiqlash aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga zid hisoblanadi. Hukmga nisbatan sudlanuvchilar tomonidan apellatsiya shikoyati berilgan”, — deyiladi xabarda.

Kengash matbuot xizmati ushbu sobiq sudyalar faoliyati (jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga qadar) o‘rganilib, yo‘l qo‘ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun Sudyalar oliy kengashi tomonidan vazifasidan ozod etilganini alohida qayd etgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar