Foto: Xs.uz

Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonovning davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz videochiqishlari uchun huquqiy baho berilishini maʼlum qildi

Soʻngi kunlarda internet ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi, 1978-yilda tugʻilgan fuqaro Otajonov Jahongir Saparbayevichni turli nomaqbul chiqishlari fuqarolarimizning oʻrinli eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumot berilishicha, joriy yilning 17-iyun kuni Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati inspektori tomonidan Mirzo Ulugʻbek tumani, Oltintepa koʻchasida harakatlanib kelayotgan davlat raqami 01/835 MNA boʻlgan “Gentra” rusumli transport vositasi toʻxtatib tekshirilganda, haydovchi 1979-yilda tugʻilgan, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Tansiqboyev koʻchasida yashovchi fuqaro Otajonov Alisher Saparbayevich (Jahongir Otajanovning ukasi) boshqaruv huquqini beruvchi hujjatlari boʻlmaganligi sababli avtoulov jarima maydoniga joylashtirilgan hamda ayni vaqtga qadar tegishli hujjatlar taqdim etilmayotganligi sababli vaqtincha saqlanmoqda.

Hozirda fuqaro Jahongir Otajanov oʻzining davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz videochiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, oʻzining maishiy muammolariga omma eʼtiborini tortishga urinishlari namoyon boʻlmoqda, deyladi xabarda.

“Mazkur fuqaroning harakatlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud boʻlganligi sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi va jamoatchilikka qoʻshimcha ravishda axborot taqdim etiladi”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Latest from Blog