Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy sayti ishga tushdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy sayti guvd.uz ishga tushirildi. Sayt rus va o‘zbek tillarida ishlaydi.

Sayt bo‘limlarida yangiliklar, IIBB rahbarlariga tegishli ma’lumotlar va ularning telefon raqamlari, ichki ishlar organlari faoliyatiga dior qonun hujjatlari, jismoniy va yuridik shaxslarni hamda ichki ishlar idoralari xodimlarini qabul qilish jadvali e’lon qilinadi.

Shuningdek, saytda «Savol va javoblar», «Profilaktika kuni» bo‘limlari ham mavjud. Foydalanuvchi sayt orqali onlayn murojaat yuborishi, vazirlikning ishonch telefonlari 102 va 1102ga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog