Foto: www.oblgazeta.ru

Toshkent Rossiya va Qozogʻistonga temir yoʻl qatnovini tiklash boʻyicha murojaat yoʻlladi

/

Toshkent RF va Qozogʻistonga temir yoʻl qatnovini qayta tiklash boʻyicha murojaat yoʻlladi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” vakillari axborotiga koʻra, hujjatlar ikkala davlatning tegishli davlat organlari tomonidan yaqin kunlarda koʻrib chiqiladi.

Ayni vaqtda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xalqaro temir yoʻllarini bosqichma-bosqich tiklash boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi temir yoʻl maʼmuriyatiga murojaatnoma yoʻllagan”, — deb maʼlum qildi tashkilot xodimi.

2020-yil iyul oyi boshida “Rossiya temir yoʻllari” OAJ bosh direktori va boshqaruv raisi Oleg Belozerov pandemiya cheklangan taqdirda MDH davlatlari oʻrtasida yoʻlovchilarni tashishni tashkil etish boʻyicha tadbirlar rejasi tasdiqlanganligini eʼlon qilgan edi. Uning aniqlik kiritishicha, ushbu hujjat chet ellik hamkasblar xalqaro trafikni tiklashda amal qilishi mumkin boʻlgan yagona standart hisoblanadi.

Latest from Blog