Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralari yo‘l-transport hodisalarini kamaytirdimi?

Toshkent shahri ko‘chalariga qo‘yilgan video kuzatuv kameralari orqali esa jarayonni aniq-ravshan bilish, hodisa qanday sodir bo‘lganini tasavvur etish mumkin. Chunki videolavhalar bu borada aniq fakt vazifasini bajaradi. Ana shunday zamonaviy texnologiyalar bugun shahar ko‘chalarida joriy qilindi. Natija qanday? Yo‘l-transport hodisalari kamaydimi?, deb yozadi «Huquq va Inson» gazetasi.

Korrespondent uzbekistan 027
Foto: news.kmvcity.ru

Respublika Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Xolmatjon Saydaliyevning ta’kidlashicha, Toshkent shahrida joriy etilgan “Yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi” tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarimaga tortish mexanizmi ishga tushirilgan.

Ushbu tizim poytaxtning 115 ta chorrahasini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ikki turdagi qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etib boradi. Tizim tomonidan o‘tgan davr mobaynida 225 mingdan ortiq qoidabuzarliklar qayd etilgan. Tizimning joriy etilishi poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarliklarning hamda qoidabuzarliklar oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Toshkent shahrida 2017-yilda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalar sonini 2016-yil bilan solishtirganda hodisalar soni 7,5 foizga, unda halok bo‘lganlar soni 15,9 foizga, tan jarohati olganlar soni 8,7 foizga kamaygan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar