Xalqaro dzyudo federatsiyasi 5-7-mart kunlari poytaxtimizda oʻtgan “Katta dubulgʻa” musobaqasidan soʻng sportchilarning yangilangan Olimpiada reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sharofiddin Boltaboyev, Sardor Nurillayev, Davlat Bobonov, Gulnoza Matniyazova kabi vakillarimiz oʻz oʻrinlarini yaxshilab olishdi. Sharofiddin Lutfillayev esa qozogʻistonlik Yeldos Smetov bilan oʻrin almashdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.
Quyida ushbu roʻyxat bilan batafsil tanishishingiz mumkin:
-60 kg:
1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 7350 ochko
5(4). Sharofiddin Lutfillayev (Oʻzbekiston) – 5243 (yoʻllanma zonasida)
24(23). Diyorbek Oʻrozboyev – 2416 ochko (yoʻllanma zonasida)
39(43). Kemran Nurillayev – 1465 ochko (yoʻllanma zonasida emas)
-66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5891 ochko
14(18). Sardor Nurullayev – 3286 ochko (yoʻllanma zonasida)
35. Shahram Ahadov – 1561 ochko (yoʻllanma zonasida emas)
-73 kg:
1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 7639 ochko
6(6). Hikmatilloh Toʻrayev – 4244 ochko (yoʻllanma zonasida)
-81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 7054 ochko
7(9). Sharofiddin Boltaboyev – 4681 (yoʻllanma zonasida)
24(24). Kamoliddin Rasulov – 2332 (yoʻllanma zonasida)
-90 kg:
1. Nikoloz Sherazadashvili (Ispaniya) – 8311 ochko
14(17). Davlat Bobonov – 3697 ochko (yoʻllanma zonasida)
-100 kg:
1. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 6848 ochko
16(15). Muhammadkarim Xurramov – 3317 (yoʻllanma zonasida)
+100 kg:
1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 6423 ochko
17(16). Bekmurod Oltiboyev – 3102 ochko (yoʻllanma zonasida)
34(34). Alisher Yusupov – 1528 ochko (yoʻllanma zonasida emas)
Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 8955 ochko
27(27). Diyora Keldiyorova – 2367 ochko (qitʼaviy kvota)
-70 kg:
1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 6678 ochko
28(30). Gulnoza Matniyazova – 2452 ochko (qitʼaviy kvota)
Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib oʻtilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz koʻrsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yoʻllanma zonasida boʻlsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yigʻish 2021-yilning 28-iyun sanasida yakunlanadi.