Toshkent jahondagi eng katta rasmni ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi


13 va 14-aprel kunlari Toshkentda Xalqaro turistik yarmarka doirasida Lekim Ibragimovning “ Mingta farishta va kartina” deb nomlangan art-loyihasi namoiysh etiladi. Bu haqda «Uzbekistan Today» axborot agentligi xabar qildi.

Loyiha bitta rassom tomonidan mo‘y qalam bilan chizilgan eng katta rasmdir.

Rekord 2013-yili Rossiya xalqaro “Interrekord” agentligining bosh direktori tomonidan ro‘yxatga olingan.

Rasmning o‘lchamlari – balandligi 8 metr. Uzunligi 66 metr. Kartina mo‘yqalam texnologiyalarining barcha an’analariga ko‘ra yaratilgan. Rassom o‘z asarini ko‘rgazmalar namoyish etiladigan barcha shaharlar uzra jaranglab o‘tadigan qadimgi qo‘shiq, deb ataydi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog