Toshkent IIBBga «Samarqand Darvoza»da portlovchi modda o‘rnatilganligi haqida xabar berildi

Toshkent shahridagi «Samarqand Darvoza»da portlovchi modda o‘rnatilganligi haqida xabarga asosan savdo majmuasidagi fuqarolar havfsiz joyga olib chiqilib, bino ko‘zdan kechirilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Foto: Afisha.uz

14-may kuni soat 11:00da Shayxontoxur tumanida,1998-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro N.I.Nurbekova (F.I.Sh. o‘zgartirilgan) IIBB Navbatchilik qismining «102» xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, Qoratosh ko‘chasida joylashgan «Samarqand Darvoza» savdo majmuasining 3-qavatida ikki noma’lum hijob o‘rangan ayollar tomonidan portlovchi modda o‘rnatilganligi haqida bergan.

Voqea joyiga IIV, Toshkent shahar IIBB va tuman mas’ul xodimlari, tergov-tezkor guruhlari hamda boshqa xizmatlar xodimlari yetib kelib, savdo majmuasidagi fuqarolar havfsiz joyga olib chiqilib, bino ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruvlar natijasida savdo majmuasida hech qanday portlovchi modda va boshqa shubhali narsalar aniqlanmagan. O‘tkazilgan tezkor surishtiruv davomida fuqaro N.I.Nurbekova ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini chalg‘itib, yolg‘on xabar berganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar