Toshkent IIBB yosh tergovchilarni ishga taklif qilmoqda

Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasining Tergov boshqarmasiga boʻyi 170 smdan baland va 30 yoshdan yosh boʻlgan mutaxassislar ishga taklif qilinmoqda.

Foto: Toshkent IIBB matbuot xizmati

“Tanlovda oliy — huquqshunos diplomiga ega boʻlib, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy hizmat oʻtagan yoki oliy oʻquv yurtining harbiy kafedrasi kursini tamomlab, ofitserlar zaxirasiga kiritilgan, boʻyi 170 sm dan kam boʻlmagan, 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin”, — deyilgan boshqarma xabarida.

Taklif qilinayotgan maosh miqdori va ish sharoitlari haqida xabar qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2017-2021-yillardagi rivojlanishning beshta muhim yoʻnalishini belgilovchi Harakatlar strategiyasi qabul qilingan. Ushbu strategiya doirasida 2017-yilda Oʻzbekiston Sud-huquq va Ichki ishlar organlari faoliyati butunday qayta koʻrib chiqilmoqda. Ushbu oʻzgarishlarga muvofiq, yangicha kadrlar siyosati ham olib borilmoqda.

Latest from Blog