Toshkent haydovchilari jazirama mavsumida xayrli ish qilishga kirishdilar

Toshkent haydovchilari piyodalarga jazirama issiq kunlarda piyodalarni manzillarga yetkazish bo‘yicha xayrli ish qilish taklif qilindi. Bu aksiyani amalga oshirishni Facebookda «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolarilari taklif qilishdi.

Foto: PDD-Razbor

Xabarda aytilishicha, ushbu guruhda aksiya tashkilotchisi quyidagi mazmunda post yozib qoldirgan:

«Qadrli guruhimiz a’zolari, ko‘chalarda jarima issiq kunlarda odamlar yurak xuruji, oftob yoki issiqlik urishi, hushidan ketish va shunga o‘xshagan holatlar ko‘p sodir bo‘lmoqda. Haydovchilar avtobus bekatlarda turgan yoki ko‘chalarda ketayotgan yoshi katta kishilarni, shu jumladan homilador ayollar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarni avtomashinalar olib, yo‘l-yo‘lakay manzillariga yetkazishni taklif qilaman. Bu qiyin ish emas, bu ezgu amal bilan kimningdir hayotini saqlab qolamiz».

Ayrim haydovchilar jazirama issiq kunlarda piyodalarni manzillarga yetkazish bilan shug‘ullanayotganligi haqida fikr bildirganlar:

«Bugun men bir ayolni bolasi bilan shifohonaga yetkazdim. Boshida ushbu ayol mashinamga o‘tirishni hohlamadi. Mashinamda boshqa odamlar o‘tirganini ko‘rib, keyin mashinamga o‘tirishga rozi bo‘ldi»- deb izoh qoldirdi guruh a’zolardan biri.

«Men ham piyodalarni ularga kerakli bo‘lgan manzillarga olib borishga yordam beraman»- deb qo‘shimcha qildi boshqa haydovchi.

Lekin, piyodalarni jazirama issiq paytda olib borish fikriga shubha bilan qarayotganlar ham bor.

«Ko‘pchilik begona mashinaga o‘tirishga qo‘rqadi, ayniqsa bepulga olib borish taklif qilinganda»- deb izoh qoldirdi guruh a’zosi.

Baribir ko‘pchilik guruh a’zolari piyodalarga yordam berish kerakligini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Ayrim sabablarga ko‘ra jazirama issiq paytida piyoda ketishga majbur bo‘lgan kishilarga — ko‘proq suv ichish, quyosh nuridan boshni asrash, eng yaxshisi esa ko‘chada kamroq bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar