Toshkent–Dushanbe reysi yo‘lovchilar oqimining kamligi sabab bekor qilindi


«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning 4-aprel kuni Toshkentdan Dushanbega uchishi rejalashtirilgan birinchi reysi yo‘lovchilarning kamligi sababli bekor qilindi.

«Toshkent—Dushanbe yo‘nalishidagi A320 reysi yo‘lovchilar oqimining kamligi sababli amalga oshirilmadi», —deb xabar qildi UZ24ga MAK axborot xizmati.

Yangi aviareysning amalga oshirish sanasi ma’lum emas, aviakompaniya xabarida bu haqda avvalroq xabar berilishi qayd etildi. «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning yozgi parvozlar jadvalida Toshkent-Dushanbe reysi kiritilmagandi.

Avvalroq, Toshkent-Dushanbe reysi bo‘yicha parvozlar apreldan boshlanishi va haftada ikki marta amalga bajarilishi ma’lum qilingan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar