Toshkent – Dushanbe aviaqatnovlari muntazam amalga oshirilish kuni ma’lum qilindi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi 2017-yilning 11-aprelidan Dushanbega muntazam qatnovlar rejasini ma’lum qildi.

Qatnovlar muntazam ravishta haftaning seshanba va shanba kunlari zamonaviy A-320 laynerlarida amalga oshiriladi, deyiladi kompaniyaning rasmiy saytidagi xabarda.

Avvalroq «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning 4-aprel kuni Toshkentdan Dushanbega uchishi rejalashtirilgan birinchi reysi yo‘lovchilarning kamligi sababli bekor qilingani haqida xabar qilingan edi.

Dushanbega quyidagi jadval boʻyicha (mahalliy vaqtlarda) muntazam qatnovlar rejasi:

Seshanba:    HY 717  Toshkent  (07:20) – Dushanbe (08:20)

HY 718  Dushanbe  (09:50) – Toshkent (10:50)

Shanba:         HY 717  Toshkent  (11:10) – Dushanbe (12:10)

HY 718  Dushanbe (13:40)  – Toshkent (14:40)

 

Latest from Blog