Foto: Shosh.uz

Toshkent Botanika bog‘i imtihonlar sababli avgustgacha yopiladi

Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ida 2021/2022-o‘quv yilida Prezident maktablariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2021-yil 23-iyuldan 31-iyulga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi.

Latest from Blog