Toshkent bilan Dushanbe oʻrtasida parvozlar soni koʻpaytiriladi

Foto: Airline Customer Care

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aprel oyi boshidan Tojikiston poytaxtiga muntazam qatnovlarni koʻpaytirishga qaror qildi.

Aviakompaniya matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 3-aprelidan Dushanbega parvozlar haftasiga 2-marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi (avval qatnov faqat chorshanba kuni amalga oshirilayotgan edi).

Toshkent – Dushanbe muntazam aviaqatnovi tiklangani haqida shu yil mart oyi oʻrtasida Tojikiston hukumati qoshidagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori Ikrom Subhonzoda bildirgandi.

Ikki davlat poytaxtlari oʻrtasidagi muntazam aviareyslar koronavirus pandemiyasi vajidan oʻtgan yil 16-martidan toʻxtatilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog