Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi poezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi


17-apreldan boshlab Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 60/59 sonli poezdning har dushanba kungi va 62/61 poezdning 19-apreldan boshlab har chorshanba kungi reyslari bekor qilindi.

«O‘ztemiro‘lyo‘lovchi» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, poezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan.

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarning qayta yo‘lga qo‘yilish sanasi hozircha noma’lum.

Foto: railway.uz

 

Latest from Blog