«Toshkent – 4» terminali qurilishi ishlari vaqtincha to‘xtatildi

Bu haqda Prezidentning 30-iyundagi qarorida aytilgan.

Foto: aeroproject.pro

Terminal qurilishi aholi turar joylari va boshqa binolar buzilishini, Qorasuv kanali yoqasidagi hududdan aholini ko‘chirish zaruratini keltirib chiqargan va buning natijasida tuman aholisi tomonidan noroziliklar kelib chiqqan. Ushbu omillar qurilish ishlarining to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan.

Shunday qilib, qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatish yuzasidan qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Toshkent-4» terminali 2019-yil oxirlariga qurib bitkazilishi kerak edi. Loyiha qiymati 430 973 9 ming AQSh dollarini tashkil qilgan.

Latest from Blog