Toshiba televizorlar ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida qaror qabul qiladi


Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasi televizorlar ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda SunDayNews xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, korporatsiya bu qarorga Toshiba qoshidagi Amerikada ochilgan Westinghouse Electric kompaniyasining inqirozga uchragani sabab kelgan.

Ushbu biznesni sotish masalasida yaponlar kelasi yilning mart oyigacha qaror qabul qilishlari kerak bo‘ladi. U sotiladigan taqdirda qiymati bir necha yuz million dollarni tashkil qiladi.

Xozirdan ushbu biznesni o‘zlashtirish niyatida bo‘lgan xaridorlar nomlari ham aniq. Ular orasdia Turkiyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Vestel kompaniyasi bor. Avvalroq bu kompaniya Toshiba bilan hamkorlikda Yevropa bozori uchun televizorlar yig‘ish bilan shug‘ullangan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar