Toshekentda afsonaviy kinooperator Hotam Fayziyevning xotira kechasi tashkil qilindi

Bugun, 14-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Hotam Fayziyevning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Kadrlarga sig‘magan hayrat…» deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: www.np.kz

Unda kinorejissyor Qamara Kamolova, Jasur Is’hoqov, Ali Hamroyev, Jahongir Qosimov, kinoshunoslar professor Hamidulla Akbarov, Jo‘ra Teshaboyev, Nigora Karimova, aktrisalar Munavvara Abdullayeva, Lola Eltoyeva va boshqa o‘zbek kinosi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Hotam Fayziyevning hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish qilindi.

Foto: Korrespondent O‘zbekiston

Ma’lumot uchun, iste’dodli kinooperator va rejissyor o‘zbek kinosi tarixida o‘chmas sahifa bo‘lib qolgan «Sen yetim emassan» (1962), «Toshkent — non shahri» (1967), «Favqulodda komissar» (1969), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), «Dilorom» (1968), «O‘tkan kunlar» (1998) kabi badiiy filmlarni suratga olgan.

1960—1998-yillar mobaynida Fayziyev suratga olgan ko‘pgina badiiy va hujjatli filmlar Kishinyov, Sankt-Peterburg, Tbilisi, Baku, Olmaota, Tehron, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘lgan festivallarda sovrinlarga sazovor bo‘lgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog