Foto: @burm_speed / Twitter

To‘rt oy davomida 2000 dan ziyod noqonuniy daraxt kesish holatlari aniqlandi

2021-yilning 4 oyi davomida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bogʻliq 2014 ta qonun buzilish holati aniqlandi, deya maʼlum qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov AOKAda oʻtkazilgan brifingda.

“1313 ta tup qimmatli daraxt noqonuniy ravishda kesilgani, 619 ta tup daraxt shikastlantirilgani yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 2,5 mlrd soʻm maʼmuriy jarima belgilanib, oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar jami 4 mlrd 988 mln soʻm miqdorida hisoblandi”, — dedi va 113 ta ekoqoidabuzarlik mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilganini qoʻshimcha qildi u.

Matbuot kotibining taʼkidlashicha, moratoriy davomida 5609 jismoniy va yuridik shaxslar oʻrmon fondiga kiritilmagan deyarli 260 ming tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat soʻragan. Shu bilan birga, Davlat ekologiya qoʻmitasi 182 mingdan ortiq daraxtlarni, jumladan 91 ming tupi qimmatbaho turlarni kesishga ruxsat berishni rad etdi, deya izoh berdi Ozod Rajabov.

Latest from Blog