Tomorqasida koʻknori yetishtirayotgan 80 yoshli otaxon qamoqqa olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, Shofirkon tumanida koʻp miqdorda koʻknor va kannabis giyohvand moddasini yetishtirib, sotishni maqsad qilgan 80 yoshli otaxonga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Qalmaqon” mahallasida yashovchi R.R.ning yashash uyi koʻzdan kechirilganda uch sotix yerga 2524 tup koʻknor, 4 tup kannabis giyohvand oʻsimligi ekilib, parvarishlanayotgani aniqlangan.

Otaxon oʻsimliklardan 19 kilogramm hosil olib, sotishni maqsad qilganligini taʼkidlagan.

Bundan oldin Samarqandning Jomboy tumani Gʻorovtepa qishlogʻida yashovchi 96 yoshli Gʻ.T. koʻknor yetishtirishda ayblanib qamoqqa olingandi.

Samarqand IIBsining 19-mayda xabar berishicha, cholning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan va tomorqada ekilgan jami 122 tup yashil rangli, oʻtkir hidli, “koʻknor” giyohvandlik oʻsimligini yetishtirib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu 122 tup oʻsimlik xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog