Foto:twitter/theragex

“Tolibon” Panjsher provinsiyasini oʻz nazoratiga olganini eʼlon qildi. Qarshilik kuchlari buni inkor etmoqda

/

“Tolibon” Afgʻonistondagi qarshiliklarning oxirgi tayanchi boʻlgan Panjsher provinsiyasini oʻz nazoratiga oldi. Bu haqda RBK Al Arabiya maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda. Nashr harakat vakili Zabihulloh Mujohid bayonotiga asoslanib xabar bergan.

“Bu gʻalaba tufayli mamlakatimiz urush botqogʻidan chiqdi”, — deb yozadi Mujohid.

Ijtimoiy tarmoqlarda Panjsher gubernatori qarorgohi darvozasi oldida turgan toliblar suratlari paydo boʻlgan. Shuningdek, baʼzi videolarga qaraganda, jangarilar provinsiyada oʻz bayrogʻini koʻtarishgan.

Ammo xuddi oldingi holatlarda boʻlgani kabi, qarshilik kuchlari jangarilarning bayonotlarini inkor etdilar. Ular Panjsher vodiysi boʻylab “strategik pozitsiyalarni” egallab turganliklarini va “Tolibon”ga qarshi kurashni davom ettirishlarini eʼlon qilishgan.

Qarshilik kuchlari avvalroq 6-sentyabrda janglarda katta yoʻqotishlarga duch kelganini tan olgan va “Tolibon”ni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan. Milliy qarshilik fronti vakili Faxim Dashti bir kun oldin oʻldirilgan.

RIA Novosti xabariga koʻra, avvalroq oʻzini prezident v.b. deb eʼlon qilgan Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrulla Solih Panjsherdan Tojikistonga joʻnab ketdi. Biro keyinroq siyosatchi bu xabarni Tvitter orqali rad etdi.

Bir necha kundan buyon toliblar Panjsher provinsiyasiga hujum qilishmoqda. Mojaro taraflari navbatma-navbat ustunlikni qoʻlga kiritayotganliklarini eʼlon qilib kelishmoqda.

Latest from Blog