Foto: AP

Tolibon Eron bilan chegaradagi viloyat markazi Farahni egallab oldi

/

Tolibon harakati jangarilari Afgʻoniston gʻarbidagi Eron chegarasi yaqinidagi shu nomdagi viloyat markazi Farah shahrini oʻz nazoratiga oldi, deb xabar beradi Associated Press mahalliy rasmiy Humoyun Shahidzodaga tayanib.

AP xabariga koʻra, harakat jangarilardan biri ham shaharni bosib olinganini tasdiqlagan.

“Shahardagi vaziyat nazorat ostida, bizning mujohidlarimiz shaharni qoʻriqlashmoqda”, — deya agentlik Tolibon vakilidan iqtibos keltiradi.

Bir kun oldin “Tolo News” telekanali manbalarga tayanib, Tolibon Farahda faqat viloyat gubernatori binosi va politsiya qarorgohini oʻz ichiga olgan asosiy obyektlarni egallab olgani haqida xabar bergan edi.

AP taʼkidlaganidek, hozir Tolibon jangarilari Afgʻonistonning uchdan ikki qismini nazorat qilmoqda.

Chorshanba kuni ertalab Tolibon Afgʻoniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shahrini qoʻlga kiritganini eʼlon qildi. Tolibon rasmiylari, shuningdek, kecha kechasi Baglan viloyati markazi Puli Xumrini oʻz nazoratiga olganliklarini daʼvo qilishadi.

Bundan tashqari, chorshanba kuni toliblar Qunduz aeroportida Afgʻoniston milliy armiyasining 217-korpusi joylashgan joyni egallab olishdi.

Ularga koʻra, bu soʻnggi uch kun ichida harakat nazoratiga oʻtgan mamlakatdagi 34 markazdan toʻqqizinchi provinsiya markazi. Shunday qilib, toliblar hozirda toʻqqiz viloyat markazlari — Nimroz, Juzjon, Sari Pul, Qunduz, Taxor, Samangan, Farah, Bogʻlon va Badaxshonni nazorat qilmoqda.

Latest from Blog