Tojikistonning “Somon Air” samolyoti portlab ketishiga sal qoldi


Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasi samolyotida uchish oldidan favqulodda holat yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Tutun nima sababdan paydo boʻlganini yoʻlovchilarga maʼlum qilishmagan, lekin aynan ushbu parvoz parvoz uchish oldidan, texnik sabablarga koʻra, bir necha marotaba kechiktirilgan.

“Portlab ketishiga sal qoldi”, — deb yozdi samolyotda boʻlgan xoʻjandlik yoʻlovchilardan biri ijtimoiy tarmoqda.  «Salonda boshidan qandaydir gʻalati hid bor edi. Samolyot uchish yoʻlagida tezlikni oshirib borayotgan vaqtda, ichida birdan kuchli tutun paydo boʻldi. Keyin, samolyot keskin toʻxtashga majbur boʻldi. Xayriyat, uchish yoʻlagining eng oxirida toʻxtashga ulgurdi», —deb eslaydi Joʻraboy  ismli yoʻlovchi.  «Lekin samolyot ichida juda qoʻrqinchli holat boʻldi, odamlar sarosimaga tushib qolishdi, yosh bolalar baqira boshladi», — deb soʻzini davom ettirdi Joʻraboy.

Xoʻjandlik Bozorboy ismli yoʻlovchining guvohlik berishiga koʻra, nosoz samolyot yoʻlovchilari aeroportga qaytib bir necha soat kutishga majbur boʻlishgan. Boʻlib oʻtgan voqeadan keyin hamma juda qattiq stress his qilgan. Yoʻlovchilarning aksariyati 14-15 yoshli bolalar boʻlgan. Bir kishi hatto hushini yoʻqotib qoʻygan.

“Somon Air” yoʻlovchilarni tinchlantirish uchun hech qanday chora koʻrmagan, hatto bepul suv tarqatishdan  voz kechgan. Yoʻlovchilar oʻzlari pul jamlab barcha uchun 4-5 blok suv sotib olishgan.

“Biz oʻz huquqlarimizni saqlashni talab qildik, hatto «norozilik aktsiyasi» oʻtkazmoqchi boʻldik, deb eslaydi yana bir yoʻlovchi.  Faqat, shundan keyin aviakompaniya yoʻlovchilarga suv va buterbrod tarqatgan. «»Somon Air» texnik koʻrikdan keyin, parvoz yana ushbu samolyotda amalga oshiriladi, deb xabar tarqatilganidan keyin, hamma ommaviy ravishda chiptalardan voz kecha boshladi”, — deb eslaydi boshqa bir yoʻlovchi. Vahimali sarguzashtlar  va bir necha soat tashvishli kutishlardan keyin yoʻlovchilar boshqa samolyotda Xoʻjandga yetib kelishgan.

Latest from Blog