Tojikistonda Oʻzbekiston mablagʻlari hisobiga qurilgan maktab foydalanishga topshirildi

Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyatida Oʻzbekiston mablagʻlari hisobiga yangi taʼlim maskani bunyod etildi. Xalq taʼlim vazirligining maʼlum qilishicha, 630 oʻringa moʻljallangan umumtaʼlim maktabi Oʻzbekiston Prezidentining 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq bunyod etilgan.

Foto: XTV

Maktabning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.

“Zamon talablari asosida bunyod etilgan taʼlim maskanida sifatli taʼlim olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Maktab fizika, kimyo, astronomiya, biologiya, chizmachilik boʻyicha ixtisoslashtirilgan fanlardan amaliy mashgʻulotlarni, shuningdek, oʻgʻil bolalarni metall va yogʻochni qayta ishlash, qizlarni uy xoʻjaligi, oshpazlik sanʼati va hunarmandchiligi boʻyicha mehnat koʻnikmalariga oʻrgatish uchun individual shartlarga binoan amalga oshirildi. Maktab yopiq sport zali, ochiq stadion, zamonaviy kutubxona bilan toʻliq jihozlangan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog