/

Tojikistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Foto: Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tojikistonda 22-martdan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Davlat rahbarining vaksinatsiya bo‘yicha imzolagan farmoniga ko‘ra, mamlakat aholisini emlash aholining zaif guruhlari o‘rtasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Vaksinatsiya munosabati bilan Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga quyidagi topshiriqlar berildi:

  • muayyan bosqichdagi emlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, uni zudlik bilan davlat hokimiyatining mahalliy ijro etuvchi organlari va respublika shahar va viloyatlaridagi mas’ul tibbiyot muassasalariga yetkazish;
  • COVID-19 yuqumli kasalligiga qarshi vaksinani muzlatkichli yuk mashinalarida saqlagan holda, respublika shahar va viloyatlaridagi tegishli tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yetkazib berish va aholining zaif qatlamlarini immunizatsiya qilish.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ga qarshi emlashning har bir bosqichi tugaganidan keyin 15 kun ichida hukumatga natijalar to‘g‘risida ma’lumot berishi kerak.

Xabarga ko‘ra, birinchi bo‘lib sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda, uning o‘rinbosari Samariddin Alizoda va YuNISEFning Tojikistondagi vakili Osama Makkavi Kogali emlandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog