Tojikistonda 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan ikki erkak qoʻlga olindi

Tojikistonning Konibodomida 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanib, ikki erkak qoʻlga olindi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Foto: eOne Television

Nashr xabariga koʻra, erkaklarni qoʻlga olish ishlari Soʻgʻd viloyatida amalga oshirilgan.

“Gumondorlardan biri Konibodomdagi mehmonxonaga 13 yashar qizni olib kelgan va mehmonxona ma’muriga 100 somoniy (taxminan 95 ming soʻm) berib, qiz bilan yarim soatcha vaqt oʻtkazgan”, — deyiladi xabarda.

Soʻngra erkak voyaga yetmagan qizni tanishining kvartirasiga olib borgan. Ikkinchi erkak ham qiz bilan jinsiy aloqa qilgan.

Ikki erkakka nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ular 2 yildan 5 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog