Foto: France 24

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Gʻani mamlakatga qoʻngani haqidagi xabarni rad etdi

/

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston prezidenti hafta oxirida respublikaga tashrif buyurgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Janob Muhammad Ashraf Gʻani bilan samolyot Tojikiston havo hududiga kirmagan va mamlakat hududiga qoʻnmagan. Shuni ham taʼkidlash kerakki, tojik tomoni Afgʻonistondan tegishli soʻrov olmagan”, — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida.

Avvalroq Eronning Tasnim agentligi Gʻanining Tojikistonga ketishi haqida yozgan edi. Shundan soʻng, The New York Times, Dohadagi muzokaralarda Afgʻoniston hukumati delegatsiyasidagi manbaga tayanib, Gʻani Oʻzbekistonga uchib ketganini xabar qildi. Shu bilan birga, “Interfaks.ru” manbasi Toshkentga Afgʻoniston prezidenti samolyotini qabul qilish haqidagi soʻrovlar kelmaganini aytdi.

Afgʻoniston prezidenti, qon toʻkilishini oldini olish uchun Kobuldan ketganini aytdi.

“Tolibon meni chiqarib yuborish uchun butun Kobul va Kobul aholisiga qonli hujum uyushtirishga tayyor ekanliklarini ochiq-oydin koʻrsatdi. Qon toʻkilishini oldini olish uchun men ketishga qaror qildim“, — deb yozdi Gʻani Facebookda.

Latest from Blog