Tojikiston Oʻzbekistonni arzon elektr toki bilan taʼminlamoqchi

Markaziy Osiyo mamlakatlari minatqadagi yagona elektr energiya tizimini qayta tiklash boʻyicha ish olib borishmoqda, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

Foto: Kapital.kz

Xabarda taʼkidlanishicha, Tojikistondagi elektr energetika liniyalarini Oʻzbekistonning elektr quvvati tizimi bilan bogʻlash imkoniyati toʻliq oʻrganilgan.

«Mamlakatlarimiz oʻrtasida elektr quvvati tizimini birlashtirish boʻyicha maʼlum ishlar allaqachon amalga oshirildi», — deb bayonot qilgan seshanba kuni Dushanbeda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumani vaqtida Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Tojikistonda yoz mavsumida Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga elektr quvvatini yetkazib berish uchun texnik imkoniyatlar mavjud. «Agar qoʻshnilarimiz yoz mavsumida nisbatan arzon elektr quvvatini olmoqchi boʻlsalar, ular mavjud elektroʻtkazgichlari boʻyicha bizning quvvat tizimimizga ulanishlari mumkin. Biz koʻp yillardan buyon ishlamay turgan ushbu oʻtkazgichlar boʻyicha elektr tokini yetkazib berishni qayta tiklashimiz mumkin», — deb aytgan vazir.

Latest from Blog