Tojikiston bosh vaziri noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda 2017-yilning noyabr oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi UzDaily.

Foto: UzDaily

Tojikiston hukumatining rahbari O‘zbekiston rahbariyati bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni amalga oshiradi.

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda bosh vazir Abdulla Aripov qabulida bo‘lishi kutilmoqda.

Tojikiston bosh vaziri 2017-yilning 3-noyabrida MDH hukumatlari rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan majlisida ishtirok etadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar