Tixanovskaya Makron va Putindan Lukashenkoga taʼsir oʻtkazishni soʻradi

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya oʻz intervyusida Fransiya yetakchisi Emmanuel Makrondan respublikadagi siyosiy inqirozni bartaraf etishda vositachilik qilishni, shuningdek bunga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni jalb qilishni iltimos qildi. Bu haqda “НСН” axborot agentligi xabar berdi.

nsn.fm

Xususan, u Makronni Yevropadagi va dunyodagi eng kuchli liderlardan biri deb atagan va avvalroq oʻz intervyularida u Putinni ikki marta dono rahbar deb taʼriflagan.

Bu arafada Makron Belarusdagi namoyishchilarni qoʻllab-quvvatladi va prezident Aleksandr Lukashenkoni davlat rahbari lavozimidan oʻz ixtiyori bilan voz kechishga chaqirdi. Bunga javoban Lukashenko Fransiya prezidentini yetuk boʻlmagan siyosatchi deb atadi va unga oʻz mamlakatining ichki ishlari bilan shugʻullanishni maslahat berdi.

Oʻz navbatida, Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Lukashenkoni saylovlardagi gʻalabasi bilan tabriklaganini aytdi.

Bundan tashqari, Kreml vakili bir qator Yevropa mamlakatlarining Lukashenkoni qonuniy prezident sifatida tan olmaslik toʻgʻrisidagi qarori xalqaro huquqqa zid va davlatlar oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirishga hissa qoʻshmasligini taʼkidladi.

Peskovning soʻzlariga koʻra, Yevropaning ayrim davlatlari tomonidan Lukashenkoga nisbatan pozitsiyasi Rossiya-Belarus munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollariga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog