TIVda Xitoy Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIVning matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga va O‘zbekiston delegatsiyasining “Bir belbog‘, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Avvalroq, 2017-yil 21-aprel kuni ShHT TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtiroki chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ostona shahrida Xitoy Xalq Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashgan edi.

Latest from Blog