TIVda Turkmaniston va Qirg‘iziston elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2017-yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligiga urg‘u bergan holda ikki tomonlama masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston kun tartibining joriy masalalari va turli darajalardagi ikki tomonlama uchrashuvlarga oid dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

Latest from Blog