TIVda Malayziya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Malayziya elchisi Dato Nor’aini binti Abd Hamid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: iStock

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Malayziya munosabatlarini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Latest from Blog