Agneshka Pikulitska. Foto: fb.com/apikulicka

TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi

Al Jazeera telekanali muxbiri Agneshka Pikulitska-Vilchevska tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi holatlari qayd etilganligi sababli Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya bermaganligini ma’lum qilgan edi.

Keyinchalik, TIV polshalik jurnalistdan uzr so‘ragan edi va uning akkreditatsiyasi rasmiylashtirilgan edi.

Aprel oyida IIV Agneshka Pikulitskani so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘layotgan voqealarni noto‘g‘ri talqin qilishda va huquqni muhofaza qilish idoralarini obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni nashr etishda ayblagan edi.

Latest from Blog