TIV rahbari O‘zbekistonga sarmoya oqimini to‘xtatib qo‘yayotgan omillarni aytdi

Ulkan sarmoyaviy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotiga xorijiy mablag‘larni jalb etish borasida ko‘plab davlatlardan orqada qolmoqda, deydi TIV rahbari 27-may kuni senatga bergan hisobotida.

Iqtisodiyotimizni xorijiy sarmoya bilan ta’minlashda davom etib kelayotgan past ko‘rsatkichning sabablarini aniqlash maqsadida vazirlik tomonidan diplomatik vakolatxonalar bilan birgalikda O‘zbekistonda faoliyat yuritish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy sarmoyadorlar, biznesmenlar va nufuzli moliya tashkilotlarining ekspertlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Uning yakunlariga ko‘ra, xorijiy biznes hamjamiyatlari vakillari O‘zbekistonga sarmoya oqimini to‘xtatib qo‘yayotgan bir qator omil va sharoitlarni tilga oldilar.

Abdulaziz Komilov ana shu masalalarning ayrimlarini keltirdi:

– valyuta konvertatsiyasi va foydani repatriatsiya qilish;
– bank-kredit tizimining takomillashmaganligi;
– sarmoyadorlar huquqlarining zaif himoyasi va yetarli darajada samarali bo‘lmagan sud tizimi;
– ma’muriy-byurokratik to‘siqlar. Ko‘plab xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat olish tartib-qoidalaridan norozi;
– past investitsiya reytingi.

Xorijiy sarmoyalarni jalb etish muammolarini har tomonlama o‘rganib, Oliy Majlis Senati va Tashqi ishlar vazirligining Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, vazirlik va idoralar ishtirokida Investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlariga xorijiy sarmoya hamda zamonaviy texnologiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi va ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga kiritildi, ma’lum qiladi vazir.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog