TIV Kataloniyadagi teraktlarda o‘zbekistonliklar jarohatlanmaganini ma’lum qildi

17-avgustda Kataloniyada (Ispaniya) yuz bergan teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga asoslanib Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Foto: The Financial Express

Elchixona Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Ispaniyaning ikki shahrida terrorchilik harakatlari sodir etildi. Avvaliga Barselonada furgon odamlar ustiga bostirib bordi, so‘ngra Kambrils shahrida noma’lum kishilar yo‘lovchilarga hujum uyushtirishdi.

Teraktlar oqibatida jami 13 kishi halok bo‘ldi, yuzdan ortiq kishi jarohatlandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar