TIV: Chiqish vizasini bekor qilish bo‘yicha loyiha tayyor

O‘zbekistonda fuqarolarning chet elga borish ruxsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish hamda xorijga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutuvchi loyihani ishlab chiqish jarayoni yakunlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni vaqtda hujjat idoralararo kelishuv bosqichida turibdi.

Xorijga chiqish ruxsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish masalasi 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirining aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida ham ko‘tarilgan edi.

Bundan tashqari fuqorlikdan chiqishni rasmiylashtirish hamda xorijga kelgan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi davlat rahbari qarorlari loyihalari ishlab chiqildi, deyiladi xabarda.

Latest from Blog