Times: Yaponiya Olimpiadani 2021-yilda ham bekor qilmoqchi

Foto: laSexta

Yaponiya hukumati pandemiya sababli Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarini bekor qilish kerak degan xulosaga keldi. Bu haqda Times gazetasi mamlakat hukumatidagi manbasiga asoslanib yozmoqda.

Unga koʻra, ilgari koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli bir yilga qoldirilgan Oʻyinlarni bekor qilish toʻgʻrisida qaror allaqachon qabul qilingan, biroq Yaponiya rasmiylari bu haqda dunyoga xabar berish yoʻlini qidirmoqdalar”. “Hech kim bu haqda birinchi boʻlib gapirishni istamaydi, ammo hamma bu juda qiyin [Olimpiadani oʻtkazish] boʻlishiga ishonadi”, — dedi manba. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu qarorga pandemiyaning qishki toʻlqini taʼsir qilgan.

Yaponiya hukumati bosh kotibining oʻrinbosari Manabu Sakay ushbu xabarni “qatʼiyan rad etishini” aytdi, chunki bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Shu bilan birga, u Yaponiya hukumati chet eldagi vaziyatni hisobga olishini va qachondir musobaqa toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishini taʼkidladi. Ayni paytda Tokio 2021-yil yozida Olimpiadani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha narsani qilishni davom ettirmoqda.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) rahbari Tomas Baxning taʼkidlashicha, tashkilot Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarini bekor qilish niyatida emas.

Tokioda yozgi Olimpiya oʻyinlari 2020-yilda 24-iyuldan 9-avgustgacha oʻtkazilishi kerak edi. Ular 2021-yilning yoziga qoldirildi. Biroq, Olimpiada birinchi navbatda moliyaviy sabablarga koʻra avvalgi “Tokio 2020” nomini saqlab qoladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog