Tijorat banklari aholidan xorijiy valyuta sotib olish uchun naqd pul bilan taʼminlanadi

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari fuqarolardan valyuta sotib olishi uchun zarur naqd pul mablagʻlari bilan taʼminlanadi. Bu haqda 12-avgust kuni Markaziy bankning tegishli qarori tasdiqlandi.

Foto: cebhe.info

Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd soʻm bilan taʼminlash maqsadida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi.

Madad pullari Markaziy bankning hududiy boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazi aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi.

Ushbu madad pullari faqatgina tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi.

Jismoniy shaxslardan chet el valyutasini xarid qilish uchun soʻmda madad puli berish Oʻzbekiston Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmati joylardagi boshqarmalari (boʻlimlari) orqali tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, tijorat banklarining yozma buyurtmalari hamda Respublika Markaziy banki va uning joylardagi boshqarmalari farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.

Bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri Markaziy bankning joylardagi boshqarmalaridan chet el valyutasini sotib olish uchun olingan madad pullarining butligini taʼminlash hamda maqsadli ishlatilishi boʻyicha masʼul hisoblanadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar